AsosiyJamiyat

Erga potensial xavfli 5 ta asteroid yaqinlashmoqda

'Erga potensial xavfli 5 ta asteroid yaqinlashmoqda'ning rasmi

Erga kamida beshta potensial xavfli asteroid yaqinlashmoqda. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, asteroidlarning birinchisi 2001 QQ142 deb nomlangan kosmik ob`ektdir. U Apollon sinfiga mansub, ya`ni Erga yaqin asteroiddir. Ushbu toifadagi toshlar ko`pincha Erga tushadigan meteoritlarning manbalari hisoblanadi. Olimlar 2001 QQ142 asteroidining kengligi 347 metrdan 1,5 kilometrgacha ekani, bu uni potensial xavfli deb ko`rsatishini ta`kidladi. U 23 900 km/soat tezlikda uchadi va 6 dekabr kuni Erga 5,5 million kilometr masofada yaqinlashadi.

Ikkinchi asteroid 2008 EV5 bo`lib, Atona sinfiga kiradi. Uning kengligi taxminan 400 metrni tashkil qiladi. U 19200 km/soat tezlikda uchadi va 20 dekabr kuni Erga 6,3 million kilometr masofada yaqinlashadi.

Uchinchisi 2019 CZ2 asteroidi. Uning o`lchami 21 dan 94 metrgacha bo`lishi taxmin qilingan. Kosmik ob`ekt 20 900 km/soat tezlikda uchadi va 25 noyabrda Erdan 1,1 million kilometr uzoqlikda bo`ladi.

To`rtinchisi 2020 YO3 diametri 31 dan 70 metrgacha bo`ladi. U 23 dekabr kuni Erdan 1,3 million kilometr masofada 59 800 km/soat tezlikda o`tadi.

Beshinchi potensial xavfli asteroid 2013 VX4. O`lchami 44 dan 99 m gacha bo`lgan Apollon bo`lib, uning parvoz tezligi 23 600 km/soatni tashkil etadi va 4 dekabrda Erga 1,9 million km masofada yaqinlashadi.

Asteroidlardan tashqari, yil oxirida Erga 144P/Kushida nomli kometa ham yaqinlashmoqda. U 12 dekabrda Erga eng yaqin, bir oydan so`ng, 2024 yil 25 yanvarda esa Quyoshga eng yaqin nuqtaga etib boradi.

Kometa 2024 yilgacha maksimal yorqinligiga erisha olmasa-da, har ikki yarim shardagi astronomlar 2023 yil oxiriga kelib uni durbin va teleskoplar yordamida ko`rishi mumkin bo`ladi. Kometa Er tomon taxminan 105 000 km/soat tezlikda harakatlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar