AsosiyJamiyat

Zarbdor tumanida ham ko`mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi

'Zarbdor tumanida ham ko`mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi'ning rasmi

Zarbdor tumanida aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan ko`mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qiladi.

Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko`mir ta`minot” MChJning Zarbdor ko`mir ombori mudiri B.B va boshqalar aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 2 346 tonna ko`mirni go`yoki tumandagi 851 ta xonadonga imtiyozli narxda sotilganligi to`g`risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ko`mirni qimmat narxlarda boshqa shaxslarga naqd pulga sotib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar