AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati suv ta`minoti boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

'Toshkent viloyati suv ta`minoti boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi'ning rasmi

"O`zsuvta`minot" AJ boshqaruvi raisining tegishli buyrug`iga asosan Ozodjon Sharofiddinovich Norboev "Toshkent suv ta`minoti" MChJ direktori vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda "O`zsuvta`minot" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga qadar Ozodjon Norboev "Toshkent suv ta`minoti" MChJ bosh muhandisi–direktorning birinchi o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Bu lavozimda u shu yilning fevral oyidan buyon korxonani boshqarib kelgan Numon Aminov o`rnini egalladi.

    Boshqa yangiliklar