15 noyabr kuni Evropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Evrokomissiya bilan birgalikda Ukrainaga nisbatan tajovuzkorligi uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 12-paketi bo`yicha takliflarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
"Biz sanksiyalarning 12-paketi ustidagi ishni nihoyasiga etkazmoqdamiz. Bu choralarning bir qismi shaxsiy sanksiyalar, ikkinchi qismi iqtisodiy va tarmoq sanksiyalari. Chorshanba kuni komissiya bilan birgalikda men o`z takliflarimni kengashga taqdim etaman" — dedi Borrel tashqi ishlar vazirlari darajasidagi Evropa Ittifoqi kengashi yakunlari bo`yicha o`tkazilgan matbuot anjumanida.
Uning aniqlik kiritishicha, taklif etilayotgan sanksiyalar «ro`yxatga qo`shimcha shaxslarni qo`shish, Rossiya eksportiga yangi taqiqlar, jumladan, olmos sotib olishni taqiqlash, Rossiya nefti narxining yuqori chegarasiga rioya qilishni kuchaytirish bo`yicha harakatlar, shuningdek, sanksiyalardan qochishga qarshi kurash choralari»ni qamrab oladi.
Bloomberg o`z manbalariga tayanib xabar berishicha, paketning "og`irligi" 5 milliardga baholanmoqda.
Eslatib o`tamiz, Evropa Ittifoqi avvalgi sanksiyalar paketini 2023 yil iyun oyida qabul qilgan edi.






