AsosiyJamiyat

Piskentda ham kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan ko`mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi

'Piskentda ham kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan ko`mirni talon-toroj qilish holati aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda "Ko`mir ta`minot" MChJning Toshkent viloyati filiali rahbari S.I., ombori mudiri F.X. va boshqalar 2023-2024 yilgi kuz-qish mavsumida aholi ehtiyoji uchun imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan 794,2 tonna ko`mirni Piskent tumani aholisiga etkazib bermasdan, qalbaki yuk xatlarini rasmiylashtirish orqali talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar