AsosiyJamiyat

O`zbekistonda energetik ichimliklarga 5 ming so`m aksiz solig`i solish taklif qilindi

'O`zbekistonda energetik ichimliklarga 5 ming so`m aksiz solig`i solish taklif qilindi'ning rasmi

Joriy yil 10 noyabr kuni 2024 yil uchun taklif etilgan Budjetnoma muhokamasida iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo`chqorov 2024 yil 1 apreldan tarkibida shakar mavjud bo`lgan gazlangan ichimliklarning 1 litri uchun 500 so`m miqdorida aksiz solig`i solish taklifini bergan edi.

Parlament Quyi palatasi deputati Oltinoy Mamirovaning ta`kidlashicha, taklif etilayotgan aksiz solig`i kutilgan natija bermaydi.

Qayd etilishicha, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bir kunlik shakar iste`moli hajmi 12 osh qoshiqdan oshmasligi kerakligini aytadi. Gazlangan shirin, jumladan, energetik ichimliklarning 330 milligramm hajmidagi tarkibida esa 19 osh qoshiq shakar mavjud.

"Bugungi kunda aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida energetik ichimliklarga ruju qo`yish ortib bormoqda. Qonun loyihasiga binoan budjetnomada 2024 yil 1 apreldan boshlab tarkibida shakar bo`lgan 1 litr gazlangan ichimlik uchun 500 so`m aksiz solig`i joriy etilyapti. Vaholanki, bozordagi 200 milligramm hajmdagi energetik ichimligining narxi 15 ming so`m. Qonun kuchga kirishi bilan bu ichimlikka 100 so`m atrofida qo`shimcha narx qo`yiladi. Bu esa energetik ichimliklar iste`molini kamaytirishga mativ bo`lmasligi mumkin", – deydi deputat.

Uning ta`kidlashicha, yuqoridagi sabablarga ko`ra "Adolat" partiyasi fraksiyasi energetik ichimliklar uchun alohida aksiz solig`i joriy qilishni taklif qilmoqda.

"Adolat" sosial-demokratik partiyasi fraksiyasini energetik ichimliklar uchun alohida aksiz solig`i joriy qilish, ya`ni 1 litr energetik ichimliklar uchun 5 ming so`m aksiz solig`i belgilashni taklif qiladi", – deydi Oltinoy Mamirova.

O`z navbatida, Bosh vazir o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov ham ushbu taklifga qo`shilgan va deputatlardan ma`qullab berishlarini so`ragan.

    Boshqa yangiliklar