Keniya poytaxti Nayrobida 13—19 noyabr kunlari global plastik ifloslanishni cheklash bo`yicha muzokaralarning yangi bosqichi bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo`llab-quvvatlanmoqda. 2023 yilning mart oyida chop etilgan tadqiqotga ko`ra, dunyo okeanlariga kiruvchi plastmassa miqdori 2005 yildan beri misli ko`rilmagan darajaga etdi va agar chiqindilar ko`payishini cheklash choralari ko`rilmasa, 2040 yilga kelib uch baravar oshishi mumkin. Bu holat agar BMT davlatlari plastmassa ishlab chiqarish va undan foydalanishni cheklash to`g`risidagi bitimni imzolamasa sodir bo`ladi. Mikroplastmassalar okeanlar uchun ayniqsa xavflidir: ular nafaqat suvni ifloslantiradi, balki plastmassani oziq-ovqat deb adashtirgan dengiz hayvonlarining ichki organlariga ham zarar etkazadi.