Xitoy rahbari Si Szinpin 6 yil ichida AQShga ilk tashrifini boshladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Uni San-Fransisko xalqaro aeroportida Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom, AQSh moliya vaziri Janet Yellen va boshqa AQSh vakillari kutib oldi.
Xitoy rahbari bugun San-Fransiskoda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashishi, so`ng Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi yillik sammitida ishtirok etishi kerak.
Uning Bayden bilan uchrashuvi ularning 2021 yilda AQSh prezidenti inaugurasiyasidan keyingi ikkinchi yuzma-yuz uchrashuv bo`ladi.
Bu yilgi Sammit 11-17 noyabr kunlari Kaliforniyaning San-Fransisko shahrida bo`lib o`tadi.