AsosiyJamiyat

Toshkent tibbiyot akademiyasi universitetga aylantiriladi

'Toshkent tibbiyot akademiyasi universitetga aylantiriladi'ning rasmi

Prezidentning “Toshkent davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to`g`risida” qarori loyihasi e`lon qilindi. 

Toshkent tibbiyot akademiyasining kuzatuv kengashi, Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin:

Toshkent tibbiyot akademiyasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etish.

Universitet tarkibida:

  • Toshkent tibbiyot akademiyasining Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya negizida belgilangan tartibda jalb etiladigan byudjetdan tashqari mablag`lar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari hamda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan o`tkaziladigan tanlovlar natijalari bo`yicha ajratiladigan grantlar hisobidan moliyalashtiriladigan Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutini tashkil etish;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti klinikasi etib qayta tashkil etish.

Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

  • uzluksiz tibbiy-kasbiy ta`lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
  • o`quv jarayonini amaliy ko`nikmalarni shakllantirishga yo`naltirish, xalqaro ta`lim standartlariga asoslangan ilg`or pedagogik texnologiyalar, o`quv dasturlari va innovasion o`quv-metodik materiallarni keng joriy etish, klinika va o`quv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uyg`unligini ta`minlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
  • fundamental, amaliy va innovasion ilmiy-tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning echimiga qaratish, tibbiy ta`lim, fan, innovasiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bog`liqligini ta`minlash;
  • xorijiy tibbiyot oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida talabalar, professor-o`qituvchilar va ilmiy izlanuvchilar akademik mobilligi dasturlari hamda qo`shma ta`lim dasturlarini joriy etish va rivojlantirish;
  • universitet ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirib borish, professor-o`qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishlarini ta`minlash;
  • respublika va xorijiy oliy ta`lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari va qadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish bo`yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish;
  • universitetni 2025 yilgacha xalqaro e`tirof etilgan tashkilotlar Times Higher Education reytingining Good health and well-being yo`nalishi bo`yicha birinchi 200 talikdagi oliy ta`lim muassasalari ro`yxatiga kiritish;
  • universitet moddiy-texnika bazasini modernizasiya qilish va mustahkamlash, simulyasion markaz, o`quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

Belgilanishicha:

  • universitet tibbiyot sohasi uchun oliy ma`lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo`yicha tayanch oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi;
  • universitet Toshkent tibbiyot akademiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo`yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talabalar universitetda mos bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida o`qishini davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi universitet diplomi beriladi;
  • universitet klinikasi, akademik liseyi, Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutining muassisi universitet hisoblanadi va ularning faoliyati universitet tomonidan muvofiqlashtiriladi;
  • universitet tarkibiy tuzilmalari davlat muassasalari hisoblanadi va shaxsiy g`azna hisobvaraqlariga ega bo`ladi;
  • universitetning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari universitet kengashining taqdimnomasiga ko`ra sog`liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar