AsosiyJamiyat

“Ko`mir ta`minot” MChJ Toshkent viloyat filiali boshlig`i pora bilan ushlandi (video)

'“Ko`mir ta`minot” MChJ Toshkent viloyat filiali boshlig`i pora bilan ushlandi (video)'ning rasmi

“Ko`mir ta`minot” MChJ Toshkent viloyat filiali boshlig`i, muqaddam firibgarlik bilan bog`liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs mazkurkorxonaning hozirgi kunda vakant hisoblangan Sirdaryo viloyat filialiga rahbar sifatida ishga qabul qilinishida ko`maklashish evaziga fuqarodan 50 ming AQSh dollari talab qiladi. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Departamentning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda mazkur rahbar so`ralgan pul mablag`ini olgan vaqtida qo`lga olindi.

Shuningdek, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam bir necha marotaba sudlangan, 1964 va 1982 yillarda tug`ilgan 2 nafar shaxs firibgarlik yo`li bilanqurilish ishlari bilan shug`ullanuvchi tadbirkordan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.

Ma`lum bo`lishicha, ular Samarqand viloyatida joylashgan qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarni joriy ta`mirlash uchun Hukumat qarorlari asosida byudjet mablag`lari ajratilishini aytib, o`zlarining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 34 mlrd so`mlik pudrat shartnomasini tadbirkorga tegishli MChJga to`g`ridan to`g`ri olib berishni va`da qilishgan. Keyinchalik esa mazkur pudrat shartnomasi qiymatidan 8 foizini ulush sifatida berishini talab qilishgan. 

Hozirda ikkala holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar