2023 yil yakuniga qadar O`zbekistonda 127 ming 500 ta oila kambag`allikdan chiqarish rejalashtirilgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati rahbari Faxriddin Hayitov ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan 1 million 200 ming kambag`al oilalar ro`yxati shakllantirilib, «Onlayn mahalla» elektron platformasiga kiritildi.
Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan har bir oilani kambag`allikdan chiqarish bo`yicha individual dasturlar ishlab chiqilib, «Onlayn mahalla» platformasiga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, oilalarni kambag`allikdan chiqarish bo`yicha reglament tasdiqlangan. Unga ko`ra, 2023 yil yakuniga qadar O`zbekistonda 127 ming 500 ta oila kambag`allikdan chiqarilib, kambag`allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko`rilmoqda.






