Dushanba kuni butun dunyo bo`ylab BMT binolari, jumladan, Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasidagi bayroqlar Isroil-Xamas urushi paytida G`azo sektorida halok bo`lgan 100 dan ortiq hamkasblari xotirasiga o`rtaga tushirildi. Bu haqda “Amerika Ovozi” xabar bermoqda.
BMTning oq-ko`k bayrog`i Bangkok, Tokio va Pekindagi ofislarida yarimta hilpiratildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa agentliklari ham shunga ergashdilar.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham xodimlar bilan birga Nyu-Yorkda soat millari o`n yarimni ko`rsatayotganda bir lahzalik sukut saqladi.
“Bugun BMT oilasi G`azoda halok bo`lgan hamkasblarimiz uchun motam va hurmat uchun bir daqiqalik sukut saqladi. Ushbu mojaro boshlanganidan beri UNRWA’ning 100 dan ortiq xodimi hayotdan ko`z yumdi - bu qisqa vaqt ichida mojaroda halok bo`lgan BMT yordam xodimlarining eng ko`p soni. Ular hech qachon unutilmaydi”, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog`ida qayg`uli sukunatda turgan BMTning yuqori martabali amaldorlari suratini joylashtirgan holda.