AsosiyJamiyat

Putin haqida ikkita kitob yozgan nemis jurnalisti Rossiya agenti bo`lib chiqdi

'Putin haqida ikkita kitob yozgan nemis jurnalisti Rossiya agenti bo`lib chiqdi'ning rasmi

Paper Trail Media, Der Spiegel, ZDF va "Important Stories" tadqiqotiga ko`ra, nemis jurnalisti Xubert Zaypel rossiyalik oligarxdan yillar davomida pul olgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Vladimir Putin haqidagi hujjatli film va ikkita kitob muallifi rossiyalik oligarx Aleksey Mordashovga yaqin kompaniyalar bilan yashirin moliyaviy kelishuvlarga aloqador bo`lgani xabar qilingan.

Jurnalistlar Kipr huquqiy hujjatlarining sizib chiqishini tahlil qilib, 2018 yilda Zaypel “Putin hokimiyati. Evropaga Rossiya nima uchun kerak?” kitobini yaratish va ommalashtirish uchun 600 ming evroga “homiylik shartnomasi” imzolaganini aniqladi.

Zaypel, hujjatlarga ko`ra, undan oldingi kitobi "Putin. Hokimiyat mantig`i " kitobi uchun ham Rossiyadan haq olgan.

    Boshqa yangiliklar