AsosiyJamiyat

Namangandagi davlat bog`chasida tarbiyachi yosh bola va qizchani kaltakladi (video)

'Namangandagi davlat bog`chasida tarbiyachi yosh bola va qizchani kaltakladi (video)'ning rasmi

Voqea 2022 yilning may oyida tashkilot tarbiyachisi G.I. tomonidan sodir etilgan. Viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan ma`lumot berdi.

"Tarbiyalanuvchi G. ismli qizaloqning kaltaklanishi bilan bog`liq ushbu hodisa, noma`lum sabablarga ko`ra, hozirga qadar ochiqlanmay qolgan", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, tarbiyachi G.I. o`zining salbiy xatti-harakatlarini davom ettirib, 2022 yilning iyun oyida tashkilotning X. ismli tarbiyalanuvchisiga nisbatan ham sodir etgan.

2022 yilning 17 iyun kuni ushbu masala tashkilotning Kuzatuv Kengashi a`zolari ishtirokida ko`rib chiqilgan va G.I. tarbiyachi lavozimidan ozod etilib, “kirchi” vazifasiga tayinlangan.

Bundan tashqari, G.I.ning jamiyatda o`zini tutishiga doir masala “Yorqishloq” MFYda ham bir necha marta ko`rib chiqilgan.

Ayni paytda G.I.ning qilmishi yuzasidan to`plangan xulosaviy materiallar huquq-tartibot organlariga havola etish va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish choralari ko`rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar