AsosiyJamiyat

Yirtilgan va elimlangan pullardan savdoda foydalanish mumkin. Faqat...

'Yirtilgan va elimlangan pullardan savdoda foydalanish mumkin. Faqat...'ning rasmi

Yirtilib bo`laklarga ajrab qolgan va elimlangan pullar har qanday savdoda qabul qilinishi kerak, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi. 

Ma`lum qilinishicha, faqat bu holda elimlangan pulning qismlari bitta banknotaga tegishli bo`lishi lozim. Misol uchun, 100 ming so`mlik pul yirtilsa, unga faqat shu banknotaning yirtilgan qisminigina elimlash mumkin (boshqa 100 ming so`mlik pulning yirtilgan qismini emas).

Bundan tashqari, quyidagi holatlarda ham pullar ishlatishga yaroqli hisoblanib, hech qanday moneliksiz to`lovga qabul qilinishi va tushum puli sifatida banklarga topshirilishi mumkin:

- har qanday qismida teshik yoki yirtilish bo`lgan, qog`ozi siyqalangan (ishqalanish oqibatida yupqalashib, yumshoq qog`oz ko`rinishiga kelib qolgan) hamda dog`lari bo`lgan va turli rasm va yozuvlar yozilgan banknotlar;

- bo`yoq moddalari yoki kislota to`kilgan, tabiiy rangi o`zgargan, kuygan, bo`yalgan yoki chizilgan pullar;

- umumiy hajmining 55 foizidan kam bo`lmagan qismini saqlab qolgan banknotlar.

    Boshqa yangiliklar