AsosiyJamiyat

Milliy universitet hududiga kiraverishga qo`yilgan “shlagbaum” e`tirozlarga sabab bo`ldi

'Milliy universitet hududiga kiraverishga qo`yilgan “shlagbaum” e`tirozlarga sabab bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Talabar shaharchasidagi O`zbekiston Milliy universiteti hududiga kiraverishga  qo`yilgan to`siq (“shlagbaum”) muhokamalarga sabab bo`ldi.  

Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi Axborot xixmati to`siq qo`yilishidan avval hududda avtomobillar serqatnovligi natijasida piyodalar yo`lagi bo`lishiga qaramay ayni tig`iz vaqtlari piyodalarning avtoulov qatnov qismiga chiqib ketish holatlari ko`p kuzatilib, barcha harakat ishtirokchilariga ancha noqulaylik tug`dirgan.

Aytilishicha, ushbu hududdan nafaqat Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi, balki Matematika instituti, respublikadagi eng katta O`zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti hamda ularning huzuridagi akademik liseylar, shuningdek, xususiy ta`lim muassasalarining 50 000 nafarga yaqin o`quvchi-talabalari, xodimlari ham harakatlanadi.

Shu kabi omillar sabab mazkur hududda yashayotgan, tahsil olayotgan va ishlayotgan fuqarolar murojaatlari hamda jamoatchilik fikri inobatga olingan holda Olmazor tuman Xalq deputatlari kengashi qaroriga asosan joriy o`quv yilining boshidan hududda avtomobillar harakatlanishi cheklangan.  

"Yo`lga to`siq o`rnatish, undan o`tishni belgilash Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilmaydi. Vazirlik xodimlari barcha kabi o`z avtoulovlarini kirib-chiqishi to`siqdan tashqarida joylashgan vazirlik hududidagi avtoturargohlarga qo`yib, belgilangan yo`l harakat qoidalariga rioya qiladilar", -  deyiladi Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar