Amerikaning Instagram ijtimoiy tarmog`i Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning uch o`g`li - Ahmat, Adam va Elining akkauntlarini blokladi.
Checheniston Respublikasi Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vazirligi rahbari Ahmed Dudaevning TASS agentligiga ma`lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqda mintaqa rahbarining faoliyatini yorituvchi akkaunt ham bloklangan.
“Ko`rinib turibdiki, kichik Chechen Respublikasi xorijdagi “so`z erkinligi” nazoratchilari orasida shunchalik qo`rquv uyg`otadiki, ular axborot maydonida haqiqat ovozini bo`g`ishga shunchalik astoydil harakat qilmoqda”, — dedi Dudaev.
Avvalroq Checheniston Respublikasi rahbarining o`g`li Adam Qodirov “Islom diniga xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani ma`lum bo`lgan edi.