Qozog`iston rahbari Qosim-Jo`mart To`qaev vatandoshlarini tabrikladi. 2023 yilning 16 noyabr kuni prezident 20 millioninchi qozog`istonlik tug`ilganini ma`lum qildi. Bu haqda zakon.kz xabar bermoqda.
"Yurtdoshlarimni ushbu muhim voqea bilan tabriklayman! Baxtli oila - millat farovonligi, yurt barqaror taraqqiyoti poydevori. Davlat bundan buyon ham oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ishlarni davom ettiradi" —deb yozdi Qosim-Jo`mart To`qaev ijtimoyi tarmokdagi sahifasida.
Milliy statistika byurosi Qozog`iston aholisi 12 yil ichida – 2009-2021 yillarda 20 foizga o`sganini ma`lum qilgan.






