AsosiyJamiyat

Andijonlik o`qituvchi a`lochi o`quvchilari uchun “Ustoz stipendiyasi” joriy qildi

'Andijonlik o`qituvchi a`lochi o`quvchilari uchun “Ustoz stipendiyasi” joriy qildi'ning rasmi

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi 6-umumta`lim maktabida 30 yildan buyon rus tili va adabiyoti fanidan o`quvchilarga saboq berib kelayotgan Yorqinoy Mamatisaqova o`quvchilarini ruhlantirishning o`zgacha usulini qo`lladi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta`lim vazirligi Axborot xizmati. 

Qayd etilishicha, o`qituvchi internetda xorijlik pedagoglar tomonidan yo`lga qo`yilgan yaxshi tajribadan xabar topdi va bu tajribani o`zi sinf rahbarlik qilayotgan 10-“B” sinfida qo`llab ko`rishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ydi. 

Fidoyi pedagog 1-chorak yakuni bo`yicha 4 nafar a`lochi  o`quvchini aniqlab, ularga “Ustoz stipendiyasi” berishni yo`lga qo`ydi. E`tiborlisi, mazkur stipendiyani sinf rahbarligi uchun to`lanayotgan maoshidan ajratdi. Yana 12 nafar a`lochi o`quvchilarini taqdirlab, kelgusida boshqa o`quvchilarning ham yaxshi o`qishi uchun motivasiya bera boshladi.  

“I chorakdan stipendiya olish uchun ko`p o`quvchilarim harakat qilmoqchi. Bir oyda sinf rahbarlik uchun oladigan maoshim o`quvchilarimga ketsa ham ularni rag`batlantirishdan zavqlanaman. Boisi, bu stipendiyani joriy qilganimdan so`ng o`quvchilarimning ota-onasi qo`ng`iroq qilib, rahmat aytishdi. Farzandi uyga pul solingan konvertni ochmay olib borib, ota-onasiga berganini quvonch bilan gapirishdi. Oila davrasida ochilgan konvertni uy to`riga qo`yib qo`yishibdi. O`quvchilarim ko`zidagi quvonch menga u olayotgan maoshimdan ko`ra ko`proq huzur berdi”, — deydi o`qituvchi.

    Boshqa yangiliklar