Hindistonda yo`lovchi avtobusi tog` yo`lidan chiqib, chuqur daraga qulab tushdi. Hodisa oqibatida 36 kishi halok bo`ldi, 19 kishi jarohat oldi, ularning aksariyati og`ir ahvolda, deya yozmoqda "Zamon.uz".
Avtobus Kishtvardan Jammuga ketayotgan edi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so`zlariga ko`ra, voqea joyiga birinchi bo`lib mahalliy aholi etib kelgan va jabrlanganlarga yordam ko`rsatgan. Hodisa sabablari hozircha noma`lum. Hindiston prezidenti DraupadiMurmu va bosh vazir NarendraModi halokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi.






