AsosiyJamiyat

Xorazmda xalqqa ajratilgan ko`mirni talon-toroj qilgan ombor mudiri va mas`ullar qo`lga tushdi

'Xorazmda xalqqa ajratilgan ko`mirni talon-toroj qilgan ombor mudiri va mas`ullar qo`lga tushdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko`mir ta`minot” MChJning Urganch ko`mir ombori mudiri M.N. va boshqalar aholiga imtiyozli narxda ko`mir etkazib berilganligini to`g`risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 678,5 tonna ko`mirni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Departamentning Nukus shahri, To`rtko`l, Amudaryo va Qo`ng`irot tumanlari bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “Ko`mir ta`minot” MChJning yuqoridagi shahar va tuman omborxonasi mas`ul shaxslari aholiga imtiyozli narxlarda sotish uchun ajratilgan jami 435,5 tonna ko`mirni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ko`mir ta`minot” MChJning Qiziltepa ko`mir ombori mas`ul shaxslari 156,3 tonna ko`mirni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar