AsosiyDunyo

Isroilning G`azodagi hujumlari oqibatida halok bo`lganlar soni 11500 ga etdi

'Isroilning G`azodagi hujumlari oqibatida halok bo`lganlar soni 11500 ga etdi'ning rasmi

Isroilning blokadadagi G`azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo`lganlar soni 11500 nafarga etdi. Bu haqda Falastin hukumatining G`azodagi matbuot bo`limi xabar bergan.

7 oktyabrdan beri Isroilning eksklavdagi hujumlari qurbonlari orasida 4710 nafar bola va 3160 nafar ayol bor.

Shuningdek, Isroil o`qqa tutilishi oqibatida 200 tibbiyot xodimi, 22 fuqaro mudofaasi xodimi va 51 jurnalist halok bo`ldi.

Bundan tashqari, G`azo sektorining 29 800 nafar aholisi jarohatlangan, ularning 70 foizi ayollar va bolalardir.

Yo`qolganlar ro`yxatida 3640 kishi, jumladan 1770 nafari bolalar bor.

Media-ofis ma`lumotlariga ko`ra, G`azo sektoridagi 25 kasalxona va 52 tibbiyot markazi Isroil hujumlari tufayli o`z faoliyatini to`xtatgan. 55 ta tez yordam mashinasi o`qqa tutildi.

    Boshqa yangiliklar