Joriy yilning 16 noyabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida O`zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lishi bo`yicha ishchi guruhning 7-yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Tadbir arafasida, 15 noyabr kuni O`zbekiston va Saudiya Arabistoni o`rtasida a`zolik bo`yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to`g`risida bayonnoma imzolandi. Shu tariqa, O`zbekistonning JSTga qo`shilish bo`yicha yakuniy kelishuv imzolagan davlatlari soni ikkitaga etdi.
Hujjat O`zbekiston prezidentining JST masalalari bo`yicha maxsus vakili Aziz O`runov va Saudiya Arabistonining JSTdagi elchisi Saqer Almoqbel o`rtasida imzolandi.
Tadbirda shuningdek O`zbekiston bosh vaziri o`rinbosari, JST bilan ishlash bo`yicha idoralararo komissiya raisi Jamshid Xo`jaev ham ishtirok etdi.






