Braziliyaning aksariyat qismida misli ko`rilmagan jazirama tufayli qizil ogohlantirish darajasi e`lon qilindi. Bu haqda Bi-Bi-Si xabar bermoqda.
Yakshanba kuni Rio-de-Janeyroda noyabr oyidagi rekord harorat 42,5 darajani tashkil qilgan.
Milliy meteorologiya instituti ma`lumotlariga ko`ra, San-Paulada seshanba kuni tushdan keyin o`rtacha harorat 37,3 ° S edi.
Juma kuniga qadar davom etishi kutilayotgan jazirama to`lqini 100 milliondan ortiq odamni jabr ko`rdi.
Rasmiylar haroratning haddan tashqari yuqori bo`lishini El-Nino fenomeni bilan bog`laydi, bu esa o`rtacha global haroratning oshishiga, shuningdek, iqlim o`zgarishiga olib keladi.






