AsosiyJamiyat

Bugun uchta hududda kechga yaqin yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun uchta hududda kechga yaqin yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasida, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga tomon ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 22-27° iliq bo`ladi.

Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar