AsosiyJamiyat

Toshkentda yangi “Konstitusiya bog`i” yaratilmoqda

'Toshkentda yangi “Konstitusiya bog`i” yaratilmoqda'ning rasmi

Davlati rahbari tashabbusi bilan bugun butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus ijrosini ta`minlash maqsadida Prezident Administrasiyasi, Xalq qabulxonalari, Bosh prokuroturasi va Bektemir tumani hokimligi hamkorligi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etildi. Mazkur loyiha doirasida davlat tashkilotlari xodimlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

Ushbu loyihani tumanda amalaga oshirishdan maqsad, tuman ekomuhitini yaxshilash, daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, er maydonlaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda hududlar iqlimiga mos manzarali va mevali daraxtlarni mahalliylashtirishdan iborat.

Hashar davomida Bektemir tumani 1-sektor hududa joylashgan “Iyk ota” mahallasida yangi “Konstitusiya bog`i” barpo qilinib, manazarali daraxtlar ko`chatlari o`tkazildi. Bog`ning umumiy maydoni 2 gektar bo`lib, loyiha doirasida 1500 ga yaqin poloniya, 2 xil turdagi 100 ga yaqin archa kabi manzarali daraxt ko`chatlari ekildi. Yana bir e`tiborli jihati shundaki, yangi barpo etilgan bog` tomchilatib sug`orish tizimi orqali sug`oriladi.

Ma`lumot o`rnida ta`kidlash joizki, tumanda shu kunga qadar 50 mingdan ortiq daraxt ko`chatlari o`tqazilib, qarovsiz erlar yashil hududga aylantirildi.

    Boshqa yangiliklar