AsosiyJamiyat

Markaziy bank 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi

'Markaziy bank 16 ta tijorat bankini jarimaga tortdi'ning rasmi

O`zbekistondagi tijorat banklarining joylardagi filiallarida o`tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar bo`yicha 16 ta bank jarimaga tortildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati rahbari Akmal Nazarov xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Markaziy bankning Bank nazorati qo`mitasida 2023 yilning oktyabr oyida to`lov tashkilotlari va banklar faoliyatining qonunchilik talablariga mosligi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog`liq xatarlarni boshqarishga doir talablarga hamda prudensial me`yorlarga rioya etilishi, shuningdek, ularda o`tkazilgan tekshiruv natijalarida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etishga qaratilgan choralar muhokama qilindi.

Xususan, Markaziy bank ko`rsatmalariga amal qilmagani va yuklatilgan vazifalar ijrosini ta`minlamagani sababli 1 ta tijorat bankiga ayrim operasiyalarni amalga oshirishga cheklov o`rnatildi, 1 ta to`lov tashkilotining lisenziyasini amal qilish muddati 10 ish kuniga to`xtatildi hamda 5 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklar uchun chora va sanksiyalar qo`llanilishi to`g`risida ogohlantirilib, tijorat banklarining joylardagi filiallarida o`tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar bo`yicha 16 ta bankka nisbatan jarima chorasi qo`llanildi.

Bundan tashqari, qo`mita qarorlari bilan tijorat banklari boshqaruvlari zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ehtimoliy yo`qotishlarga qarshi zaxiralarni yaratish, shuningdek, Markaziy bank tomonidan o`rnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf qilish va moliyaviy holatni sog`lomlashtirish bilan bog`liq talablarga rioya etish yuzasidan ko`rsatmalar berilgan.

    Boshqa yangiliklar