Moldova Prezidenti Mayya Sanduning iti Avstriya etakchisi Aleksandr Van der Bellenning qo`lini tishlab oldi. Holat Moldava telekanalida ko`rsatilgan.
Van der Bellen Sandu va Pirs-Mussar bilan o`tkazgan matbuot anjumaniga kaftini bog`lab kelgan. Moldova parlamenti raisi Igor Grosu va Bosh vazir Dorin Rekan bilan uchrashuvda ham Avstriya Prezidenti bo`g`imlariga oq plaster taqib yurgan.
Uchrashuvdan so`ng Moldova Prezidenti o`zining Facebook'ida Avstriya va Sloveniya rahbarlari bilan Moldova va Ukrainani Evropa Ittifoqiga qabul qilish bo`yicha muzokaralarni boshlash bo`yicha Evrokomissiya tavsiyasini muhokama qilganini yozdi. Uning qo`shimcha qilishicha, Moldovaning Evropa Ittifoqiga qo`shilishi butun mamlakat uchun tinchlik, erkinlik va farovonlikni kafolatlashning yagona imkoniyati bo`ladi.






