16 noyabr kuni Janubiy Koreya Oliy sudi amaldagi prezident Yun Sok Yol qaynonasini er oldi-sotdi bitimida foydalanilgan moliyaviy hujjatni qalbakilashtirgani uchun berilgan bir yillik qamoq jazosini o`z kuchida qoldirdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Birinchi xonim Kim Kyong Xining 76 yoshli onasi Choy In Sun 2013 yilda Seul janubidagi Seongnam shahridan ko`chmas mulk sotib olish uchun soxta bank ko`chirmasidan foydalanganlikda aybdor deb topildi. Soxta hujjatda u o`sha yilning aprel oyidan oktyabrigacha omonat hisobvarag`iga 34,9 milliard von (26,7 million AQSh dollari) qo`yganini ko`rsatgan.
2021 yil dekabr oyida Seul shimolidagi Uyjeongbu tuman sudi Choyni aybdor deb topib, shartli ravishda 1 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Ammo apellyasiya sudi uni bir yilga haqiqiy qamoq jazosiga hukm qildi va shu yilning iyul oyida hibsga olish haqida buyruq chiqardi. Shundan so`ng, Choy hukmdan norozi bo`lib, Oliy sudga murojaat qilgan edi. O`z navbatida Oliy sud quyi sudning Choyga nisbatan hukmida huquqiy tamoyillarni noto`g`ri tushunish yo`qligini ma`lum qildi.