Termiz shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Xalqimiz yaxshi hayot kechirsin, og`iri engil bo`lsin, deb Surxondaryoga shu yilning o`zida uchinchi marotaba juda katta niyatlar va aniq rejalar bilan keldim”, - dedi davlatimiz rahbari.
Kecha Prezident Surxondaryodagi 3,3 milliard dollarlik 4 ta yangi yirik sanoat loyihalari bilan batafsil tanishdi. Jumladan, Boysundagi qariyb 3 milliard dollarlik gaz-kimyo majmuasini ishga tushirish hisobiga:
- yiliga 5 milliard kub metr gaz tozalanib, 6 trillion so`mlik tabiiy gaz va oltingugurt ishlab chiqariladi;
- viloyatga yiliga o`rtacha 120 million dollarlik eksport tushumi qo`shiladi;
- geologiya qidiruv ishlari kengaytirilib, yana 100 milliard kub metr gaz zaxiralari ochiladi, 2-3 yilda mamlakatimiz neft bo`yicha to`liq mustaqillikka erishadi;
- ushbu majmuada hozir 7 ming kishi band. Prezident topshirig`i bilan majmua atrofida kooperasiya yo`lga qo`yilib, qo`shni tumanlar aholisi uchun ham kamida 2 mingta yuqori daromadli ish o`rinlari yaratiladi.
Bu erda 85 megavattli stansiya ham barpo qilingan. U nafaqat majmua ehtiyoji uchun, balki butun Boysun aholisiga etadigan elektr ishlab chiqaradi.






