AsosiyJamiyat

Surxondaryoda elektr generasiyasi bor-yo`g`i 30 megavatt bo`lgan - Shavkat Mirziyoev

'Surxondaryoda elektr generasiyasi bor-yo`g`i 30 megavatt bo`lgan - Shavkat Mirziyoev'ning rasmi

Termizda bo`lib o`tayotgan prezident boshchiligidagi yig`ilishda uch yil oldin Surxondaryoda elektr generasiyasi bor-yo`g`i 30 megavatt bo`lganligi aytildi. 

Bu borada 165 million dollar investisiya evaziga “To`palang” GESni modernizasiya qilish, “Zarchob-1” va “Zarchob-2” GESlarini ishga tushirish orqali quvvatlar 251 megavattga etkazildi. Ularga qo`shimcha yana bir loyiha – “Zarchob-3” GES qurilishi ham boshlanayapti.

Bu hali boshlanishi, dedi Prezident. To`palang daryosining yuqori oqimida umumiy quvvati 265 megavatt bo`lgan yana 20 ta GES qurish imkoniyati bor. 

Shu bilan birga, 1 milliondan ortiq voha aholisi uchun toza ichimlik suvi orzu bo`lib kelayotgandi. Qanchalik qiyin bo`lmasin, “To`palang” suv omboridan Termiz shahri va 11 ta tumanga toza ichimlik suvi olib kelinayapti. Mazkur loyiha to`liq ishga tushgach, 2 million aholida tunu-kun toza ichimlik suvi bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar