Yig`ilishda viloyatda echimini kutayotgan ijtimoiy muammolar ham etarli ekani ta`kidlandi.
Ish o`rni yaratish, kambag`allikni qisqartirish, investisiya olib kelib, tadbirkorlikni rivojlantirish siyosati barcha tumanlarga ham hali kirib kelmagani ta`kidlandi. Bunda hokimlarning birinchi o`rinbosarlari va hokim yordamchilarining ishi sustligi ko`rsatib o`tildi.
Viloyatdagi 724 ta mahallaga 1 ming 390 ta tibbiy brigadalar biriktirilgan. Lekin ular kasallikning sababi bilan emas, ko`proq oqibati bilan shug`ullanayotgani ko`rsatib o`tildi.
Har bir mahallada fitobarlar, dorixonalarda fitoburchaklar tashkil qilish, xalq tabobati bo`yicha qisqa kurslar o`tkazish, uy sharoitida qilinadigan mashqlar dasturi va sog`lom ovqatlanish menyusini ishlab chiqish muhimligi ta`kidlandi.
Mahallasida bu borada yaxshi natija ko`rsatgan tibbiyot brigadalari rag`batlantirilishi belgilandi.
509 ta maktab, Ona va bola markazi, bolalar kardioxirurgiya bo`limi va 44 ta oilaviy shifokorlik punktini jihozlash va ta`mirlash choralari ko`rilishi ta`kidlandi.
Shuningdek, viloyatdagi 1,6 million yoshlar bilan alohida shug`ullanish, har bir xonadon, mahalla va ta`lim dargohiga barqaror ijtimoiy kayfiyat, kelajakka ishonch, kasb, til egallash, eng muhimi, mehnat orqali yaxshi hayotga intilish muhiti kirib borishi kerakligi ta`kidlandi.
17.11.2023 15:16
Yig`ilishda viloyatda echimini kutayotgan bir qator ijtimoiy muammolar ham aytib o`tildi






