Bugungi kunda davlat tomonidan tadbirkorlar faoliyatini qo`llab-quvvatlash mexanizmi faqatgina imtiyozli kredit berish bilan bog`liq bo`lib qolgandek go`yo.
Shu munosabat bilan ekspertlar tadbirkorlar faoliyatini qo`llab-quvvatlashda kompleks yondashish taklifini ilgari surib bunda tadbirkorlarga nafaqat moliyaviy yordam berish balkim ularni moliyaviy va biznes savodxonligini oshirish tizimini yaratish zarurati hususida fikr va mulohazalar olib bormoqda.
Shularni inobatga olgan holda, joriy yilning 14 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.






