Filippinning Burias orolida 6,7 magnitudali zilzila sodir bo`lib, bir kishi halok bo`ldi, yana 18 nafar filippinlik jarohat oldi.
AQSh Geologiya xizmati ma`lumotlariga ko`ra, Filippin orolida mahalliy vaqt bilan soat 08.14 da kuchli zilzila qayd etilgan. Zilzila episentri Burias orolidan 26 kilometr janubi-g`arbda joylashgan. Manba 78 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila oqibatida mintaqadagi bir qator binolar zarar ko`rgan va elektr energiyasi qisman uzilgan.
O`z navbatida, Filippin vulqonologiya va seysmologiya instituti hozirda sunami xavfi yo`qligini ma`lum qildi.
Filippin dunyodagi eng yuqori seysmik faollikka ega mamlakatlardan biri hisoblanadi, chunki u Tinch okeanining olov halqasi deb ataladigan hududda joylashgan.






