Ijtimoiy tarmoqlarda oyligini ko`tarilishini Makkaga borib so`ragan, Milliy gvardiya xodimi ishdan bo`shatilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Holatga Milliy gvardiya Axborot xizmati boshlig`i D. Jumanazarov oydiklik kiritdi.
"Bu xabar umuman haqiqatga to`g`ri kelmasligini va ushbu fuqaro Milliy gvardiya xodimi emasligini ma`lum qilamiz. Shuningdek, yurtdoshlarimizdan bu kabi yolg`on xabarlarga ishonib qolmasliklarini so`rab qolamiz. Mavzuga doir savollarga aniq va ishonchli javob olishingiz uchun 71.236-50-74 yoki 97 448-04-77 raqamlariga qo`ng`iroq qilib bog`lanishingiz mumkin", - deyiladi xabarda.






