AsosiyDunyo

AQSh Tayvanni qurollantirishni bas qilishi kerak - Xitoy

'AQSh Tayvanni qurollantirishni bas qilishi kerak - Xitoy'ning rasmi

Qo`shma Shtatlar Tayvanni qurollantirishni va Xitoyning ichki ishlariga aralashishni bas qilishi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi aytib o`tdi, deya yozmoqda “zamon.uz”

“Tayvan masalasi har doim Xitoy-Amerika munosabatlarida eng muhim va nozik masala bo`lib kelgan. AQSh Tayvanni qurollantirishni, Xitoyning ichki ishlariga aralashishni to`xtatishi va Xitoyni tinch yo`l bilan birlashtirishni qo`llab-quvvatlashi kerak", dedi Maoning.

Avvalroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining (MXK) strategik aloqalar bo`yicha koordinatori Jon Kirbi AQSh prezidenti Jo Bayden 15 noyabr kuni bo`lib o`tgan yig`ilishda Xitoy rahbari Si Szinpinni Vashingtonning Tayvanga qurol etkazib berishni davom ettirish niyati haqida xabardor qilganini ma`lum qilgandi. Kirbiningta`kidlashicha, qurol-yarog` etkazib berishning davom etishi AQShning Tayvanni o`zini-o`zi mudofaa qilish qobiliyati bilan ta`minlash istagi bilan bog`liq.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar