Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.
Departamentning Yangiyo`l shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.D. fuqaro A.Ya.ga o`zini go`yoki Olmaliq shahar YHXB xodimi sifatida tanishtirib, unga o`quv mashg`ulotlariga qatnashmasdan tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishni va`da qilib, evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Zarafshon shahar bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.X. fuqaro D.Sh.ning ishonchiga kirib, uni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.K. fuqaro S.O.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 550 AQSh dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihondan o`tkazib qo`yishini aytib, 500 AQSh dollari va 600 000 so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro T.A. fuqaro Sh.U.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo`lib o`tadigan imtihonlarga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






