Kecha, 17 noyabr kuni soat 21:00dan 22:00lar oralig`ida Urgut tumani Bahrin mahallasi hududida joylashgan “Mahalla markazi”da katta yong`in sodir bo`ldi.
Tuman hokimligi xabariga ko`ra, voqea joyiga zudlik bilan soat 22:16 da FVV ning Samarqand viloyati boshqarmasining 6 ta yong`in-qutqaruv guruhi etib kelib, yong`in o`chirilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan, halok bo`lmagan.
Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan, yong`in sabablari o`rganilmoqda.






