AsosiyJamiyat

Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etgan MChJ aniqlandi

'Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etgan MChJ aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.H. va boshqalar “Samarqand credit” nomli MChJni tashkil etib, jismoniy shaxslarning mablag`larini jalb etishga doir faoliyatni amalga oshirib, “lnstagram” ijtimoiy tarmog`ida oldindan 20 foiz to`lov qilib 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida e`lonlar berib, 45 nafar fuqaroga kredit ajratish evaziga 20 foizlik dastlabki to`lov sifatida jami 479 mln so`m naqd pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 188-1-moddasi (pul mablag`larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar