Ijtimoiy tarmoqda yo`lovchi avtobus va Spark to`qnashgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 17 noyabr kuni soat 14:30 larda "18-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi avtobusning 31 yoshli haydovchisi Olmazor tumani KHAY va Batumskiy ko`chalari kesishmasida o`z yo`nalishi harakatlanib borayotgan bo`lgan. Shu payt chorrahadan 2.4 yo`l belgisiga amal qilmay harakatlanib kelgan Spark haydovchi G.N. avtobus bilan yo`l-transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur YTH natijasida, avtobus va engil avtotransport vositasi texnik shikastlangan.
"Ushbu yo`l-transport hodisasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo`l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan", deyiladi xabarda.






