Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi 2023-2024 yilgi isitish mavsumi uchun issiqlik ta`minoti xizmatlari tariflarini tasdiqladi. Jismoniy shaxslar uchun tariflar o`zgarishsiz qolmoqda.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2023 yil 3 noyabrdagi VI-92-228-14-0-K/23-sonli qarori va Toshkent shahar hokimining ID-89174-sonli qarori “Issiqlik ta`minoti xizmatlarining tartibga solinadigan narxlari (tariflari)ni tasdiqlash to`g`risida”gi qarori “Veolia Energy Tashkent” MChJ XK tomonidan ko`rsatiladigan issiqlik ta`minoti xizmatlarining tartibga solinadigan narxlari (bazaviy tarifi) 664 465 so`m/Gkal etib belgilandi.
Qarorga muvofiq, aholi uchun issiqlik ta`minoti xizmatlarining chakana savdo tarifi avvalgi darajada - 91 960 so`m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amal qiladi) quyidagi taqsimot bo`yicha saqlanib qoladi.
Byudjet tashkilotlari uchun chakana tarif 801 963 so`m/Gkalni tashkil etadi.
Kichik, o`rta va yirik korxonalar uchun chakana tarif 212 606 so`m/Gkal miqdorida belgilandi.
Ushbu tariflar 2023 yil 1 dekabrdan kuchga kiradi.






