AsosiyJamiyat

Prezident Toshkentda “Yangi O`zbekiston” ko`chasi va 4R12 magistral yo`li kesishuvida quriladigan yo`l o`tkazgich loyihasi bilan tanishdi

'Prezident Toshkentda “Yangi O`zbekiston” ko`chasi va 4R12 magistral yo`li kesishuvida quriladigan yo`l o`tkazgich loyihasi bilan tanishdi'ning rasmi

Davlat rahbari Toshkent shahrida “Yangi O`zbekiston” ko`chasi va 4R12 magistral yo`li kesishuvida quriladigan yo`l o`tkazgich loyihasi bilan tanishdi.

So`nggi yillarda bu ikki yo`lda qatnov ortdi. Bo`stonliq va Parkent tumanlariga borayotgan sayyohlar soni ham avvalgi yillarga qaraganda bir necha barobar ko`paydi, hali yana oshadi. Shuningdek, bu kesishma kelajakda Yangi Toshkent shahriga olib boradigan asosiy yo`l bo`ladi.

Shularni inobatga olib, bu kesishmada transport bog`lamasi qurish mo`ljallangan. Loyihaga ko`ra, bu erda 1 ta ko`prik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qo`shimcha yo`llar barpo etiladi. Bularning evaziga chorraha bironta ham svetoforsiz - “yashil chorraha” bo`ladi. Bu qulaylik natijasida haydovchi va yo`lovchilarning vaqti hozirgiga nisbatan 20-30 daqiqaga tejaladi, harakat xavfsizligi oshadi.

Prezidentimiz “Do`stlik - Qo`yliq” erusti metrosi tagida qurilayotgan savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalarini ham ko`zdan kechirdi. Loyiha doirasida bu erda 36 ta savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchasi, sport va bolalar maydonchalari, avtoturargohlar barpo etiladi.

Mutasaddilarga bu erda xavfsizlik choralari va nazoratini ta`minlash, Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

    Boshqa yangiliklar