Tojikistonda yo`l-transport hodisasi natijasida Andijon viloyati Yangiobod tumanida yashovchi ikki nafar fuqaro vafot etdi.
Yo`l-transport hodisasi 12 noyabr kuni soat 17:20 atrofida Dushanbe-Xo`jand-Chanok avtomobil yo`lida sodir bo`lgan. Aniqlik kiritilishicha, 50 yoshli Opel Astra haydovchisi K.A. avtomobilni quvib o`tish chog`ida boshqa avtomobil bilan to`qnashib ketgan.
Natijada, K.A. boshqaruvni yo`qotgan va avtomobil yo`l chetidagi pastlikka ag`darilib ketgan.
YTH oqibatida, haydovchisi K.A. (tojikistonlik), shuningdek, ikki nafar o`zbekistonlik yo`lovchilar 35 yoshli M.Yu. va 33 yoshli D.X.lar halok bo`lishgan. Yana ikki nafar o`zbekistonlik ayol, 43 yoshli Z.X. va 39 yoshli F.Yu.lar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.






