AsosiyDunyo

G`azoda halok bo`lganlar soni 12 mingdan oshdi

'G`azoda halok bo`lganlar soni 12 mingdan oshdi'ning rasmi

Isroil mudofaa kuchlarining (IDF) G`azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo`lganlar soni 12 mingdan oshgan, ulardan 5 ming nafari bolalar, 3 ming nafari esa ayollar bo`lgan. Bu haqda G`azo sektori axborot byurosiga tayanib, «Al-Jazira» telekanali xabar berdi.

Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, bedarak yo`qolganlar soni 3750 nafarga etgan, ularning 1800 nafari bolalar. Falastin manbalarining ma`lum qilishicha, yaradorlar soni 30 mingdan oshgan, ularning 75 foizi ayollar va bolalarni tashkil qiladi.

Isroilning Falastindagi HAMAS harakati bilan urushi 7 oktyabrda boshlangan. Ma`lumotlargfa ko`ra, Isroil bilan chegaradosh hududlarga jangarilarning hujumlari natijasida 1,4 ming isroillik halok bo`lgan, 3,3 ming nafari yaralandi, 200 dan ortiq kishi esa G`azo sektoriga garovga olib ketilgan. 27 oktyabr kuni IDF sektorda quruqlikdagi operasiyani boshladi. 8 noyabr kuni Isroil harbiy kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagariy Hamas G`azo shimolidagi nazoratni qo`ldan boy berganini aytdi.

16 noyabr kuni Isroil Mudofaa vazirligi rahbari shaharning shimoliy qismida operasiya yakunlangani va quruqlikdagi operasiyaning yangi bosqichiga o`tilganini ma`lum qildi. Ertasi kuni Isroilning Jerusalem Post gazetasi Isroil hukumati va IDF armiyaning G`azo sektoridagi keyingi harakatlari haqida munozaralar olib borayotgani haqida xabar berdi. Munozara janubiy sektorga imkon qadar tezroq bostirib kirish va garovga olinganlarni ozod qilish bo`yicha vaqtinchalik kelishuvlar borasida bo`lib o`tgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar