AsosiyJamiyat

Toshkentda bir kunda 62 ta mashina jarima maydoniga joylashtirildi

'Toshkentda bir kunda 62 ta mashina jarima maydoniga joylashtirildi'ning rasmi

Poytaxtda yo`l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarning 62 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

17 noyabr kuni o`tkazilgan reyd tadbirlari davomida ma`muriy jarimalarni muddatida to`lamagan transport vositasi haydovchilari zamonaviy texnologiyalar yordamida aniqlanib, 617 ta qoidabuzar haydovchidan 269 million 45 ming so`m qarzdorlik undirilgan hamda jarimani to`lashdan bosh tortganlarga tegishli bo`lgan 62 ta avtotransport vositalari jarima maydonlariga joylashtirilgan.

Amaldagi tartiblarga ko`ra, yo`l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani haydovchi jarima solish to`g`risidagi qaror chiqarilgan kundan e`tiboran 60 kundan kechiktirmay to`lashi lozim. Ana shu muddatda to`lanmagan jarimalar MIB ish yurituviga o`tkaziladi va majburiy tarzda undirish choralari ko`raladi.

Ma`lumot o`rnida, Byuro organlari tomonidan ijro ishi doirasida avtotransport vositalariga taqiq qo`yish, ularni xatlash, jarima maydonchasiga joylashtirish, realizasiya qilish, qarzdorga tegishli plastik kartalardan pul mablag`ini echib olish, undiruvni ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarga qaratish kabi majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi mumkin.

Qayd etilishicha, joriy yilning o`tgan davri mobaynida Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIB YHXB organlari qarorlari asosida yo`l harakati qoidalarini buzgan haydovchilardan o`z vaqtida to`lanmagan 176 milliard 747 million so`m jarima undirilgan.

    Boshqa yangiliklar