AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi va tuman tushishi mumkin

'Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir yog`ishi va tuman tushishi mumkin'ning rasmi

"O`zgidromet" xabariga ko`ra bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi,  faqat Toshkent viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° iliq.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 16-18° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-12° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar