"Falastin xalqi o`z davlati va HAMASdan xoli kelajakka loyiqdir", dedi AQSh prezidenti Jo Bayden The Washington Post gazetasidagi maqolasida.
Uning so`zlariga ko`ra, maqsad faqat bugun urushni to`xtatish emas, balki uni abadiy to`xtatish bo`lishi kerak. G`azo va Yaqin Sharqda "tarix takrorlanmasligi uchun" kuchliroq narsa qurish kerak. Bayden buning yo`lini "ikki xalq uchun ikkita davlat" yaratishda ko`radi.
Tinchlikka erishish uchun Isroil va Falastin, shuningdek, AQSh va uning ittifoqchilari va hamkorlari majburiyatini talab qiladi, dedi u. "Bu ish hozir boshlanishi kerak", dedi Amerika prezidenti.
Bayden G`azadan hech qachon "terrorizm platformasi" sifatida foydalanilmasligini ta`kidladi. Shuningdek, u "falastinliklarni G`azo sektoridan boshqa majburan ko`chirishga, qayta ishg`ol qilishga, qamal yoki blokadaga va hududni qisqartirishga" izn bermaydi. "Va bu urush tugagandan so`ng, Falastin xalqining ovozi va ularning intilishlari G`azo sektoridagi inqirozdan keyingi boshqaruv markazida bo`lishi kerak", dedi u.
Bayden allaqachon G`azo sektorining Isroil tomonidan bosib olinishi xato bo`lishini aytgan va "ikki davlat" formulasini - Isroil va Falastinni - tinchlikning yagona yo`li deb atagan, shuningdek, u Falastinning HAMAS guruhi “isroilliklarni o`ldirishga, haqorat qilishga va shunchaki dahshatli muomala qilishga qodir bo`lmaganida” Isroil G`azo sektoridagi faoliyatini to`xtatishini ta`kidladi.
Shu bilan birga, Amerika prezidenti Ukraina va Isroilga yordam ko`rsatilmagan AQShning vaqtinchalik byudjetini tasdiqladi. Qabul qilingan qonun 19 yanvarga qadar federal hukumat faoliyatining ustuvor yo`nalishlarini moliyalashtirish imkonini beradi.