Statistika agentligining dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, 2023 yilning 1 oktyabr holatiga, respublikamizda boqilayotgan jami otlar soni 271,8 mingtaga etdi.
Bu o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 % ga ko`p.
Hududlar kesimida otlar soni:
- Toshkent viloyati – 55,4 ming bosh
- Qashqadaryo viloyati – 35,7 ming bosh
- Jizzax viloyati – 30,6 ming bosh
- Samarqand viloyati – 28,9 ming bosh
- Qoraqalpog`iston R. – 28 ming bosh
- Navoiy viloyati – 23,4 ming bosh
- Sirdaryo viloyati – 16,4 ming bosh
- Surxondaryo viloyati – 15,7 ming bosh
- Farg`ona viloyati – 10,3 ming bosh
- Buxoro viloyati – 7,6 ming bosh
- Andijon viloyati – 7,3 ming bosh
- Namangan viloyati – 7 ming bosh
- Xorazm viloyati – 5,5 ming bosh