AsosiyDunyo

O`zbekiston elchisi Ispaniyadagi missiyasini yakunlamoqda

'O`zbekiston elchisi Ispaniyadagi missiyasini yakunlamoqda'ning rasmi

O`zbekiston elchisi Jahongir G`aniev diplomatik missiyasi yakunlanishi munosabati bilan Ispaniya tashqi ishlar vazirligining tashqi va global ishlar bo`yicha davlat kotibi Anxeles Morena Bau bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Uchrashuv chog`ida so`nggi yillar davomida O`zbekiston va Ispaniya o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik yangi, ko`p qirrali bosqichga ko`tarilgani va juda samarali mohiyat kasb etgani ta`kidlandi.

Eslatib o`tamiz: Jahongir G`aniev 2017 yildan buyon O`zbekistonning Madriddagi elchixonasida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi: dastlab Muvaqqat ishlar vakili, 2018 yilda Favqulodda va Muxtor Elchi, Jahon sayyohlik tashkilotidagi (YuNVTO) doimiy vakil, 2020 yili o`rindoshlik asosida Vatikandagi elchi etib tayinlangan, shuningdek, Xalqaro zaytun kengashidagi vakil etib tasdiqlangan. Unga qadar, 2007-2012 yillarda mamlakatimizning Italiyadagi elchisi va bir vaqtning o`zida Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO), Xalqaro qishloq xo`jaligini rivojlantirish jamg`armasi (IFAD) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) huzurida doimiy vakil bo`lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar