Saudiya Arabistonida hukmronlik qilayotgan sulolaga tegishli shahzoda sud hukmiga binoan qamchi bilan savalandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
Jazolangan shahzodaning ismi-sharifi, qanday jinoyatni amalga oshirgani hozircha oshkor etilmagan. Faqatgina uni hali yana qamoq jazosi kutayotganligi ma`lum qilingan. Qamchilash 31 oktyabr kuni tibbiy ko`rikdan keyin amalga oshirilgan.
11 oktyabr kuni boshqa bir shahzoda Turki bin Saudi al-Kabir uch yil ilgari sodir etgan o`g`irligi uchun boshi tanasidan judo qilingan edi.
Qamchilash — Saudiya Arabistonida keng tarqalgan jazo turlaridan biri hisoblanadi. Bu borada “Rekord” natijaga misrlik Muhammad Ali al-Sayid erishgan bo`lib, u 1990 yilda to`rt ming marotaba qamchilashga hukm qilingandi. Bundan norozi bo`lgan jahon hamjamiyatiga haliyam unga rahm-shafqat qilingani, aslida qilgan o`g`irligi uchun qo`li kesilishi shart bo`lgani ma`lum qilingan edi.